Korxonalar muvaffaqiyatli va samarali bo'lishiga yordam beradigan texnologiyalar ustida ishlayotgan ishqibozlar jamoasi.
Shunchaki dasturiy ta'minotdan ko'ra biz ko'proq ish qilamiz
Biz korxonalarga kunlik jarayonlarni soddalashtiradigan texnologiyalar, shuningdek, mijozlarni boshqarish vositalari va aqlli tahlillar yordamida tonnalab vaqt va pulni tejab, maksimal samaradorlikka erishishda yordam beramiz.
Bizning kompaniyamiz raqamlarda
5 yillik tajriba
Biz 2016 yildan beri faoliyat yuritamiz
10 ta ekspert
Jamoa 10 ta sertifikatlangan avtomatlashtirish jarayoni bo'yicha mutaxassislardan iborat
> 380 ta amaliyot
Biz O'zbekiston va undan tashqarida 380 dan ortiq kompaniyalarni avtomatlashtirdik
> 250 mijoz
Biz 250 dan ortiq doimiy mijozlarimizga texnik yordam va texnik xizmat ko'rsatamiz
Bizning ish uslubimiz
Doimiy rivojlanish va ta'lim
Bizning jamoamiz doimiy ravishda kurslar, treninglar o'tmoqda, biznesni rivojlantirish uchun yangi vositalarni o'rganmoqda.
Mijozning biznesdagi muammo va dardlari ham bizniki
Biz iloji boricha mijozga e'tibor qaratamiz, uning biznesdagi muammolari va dardini hal qilamiz.
Eng yaxshi maqtov - bu natija
Bizning jamoamiz uchun eng yaxshi motivatsiya mijozning natijasi, xususan uning biznesining o'sishidir
Bizning jamoamiz
Ishoning, biz o'z ishimizni chindan ham yaxshi ko'ramiz va yaxshi bajaramiz
Bizning kompaniya amoCRM-dan ikki yildan ortiq foydalanib kelmoqda. 10 dan ortiq filiallar va 80 menejerlar har ish kunini amoCRM-da boshlashadi. Tizim juda qulay va funktsional,menejerlar unda ishlashni yaxshi ko'radilar. "iCORP"dan yigitlar bizning biznes jarayonlarimizga funtsionallarni moslashtirdilar va ularni takomillashtirish ustida ish olib borishmoqda. Tizim bizning savdo bo'limidagi ehtiyojlarimizni to'liq qoplagan. Biz tizim ishidan juda mamnunmiz.
Xolding rahbariyati oldimizga biznes-jarayonlarni avtomatlashtirish va kompaniyamiz ishini yanada oshkora qilish vazifasini qo'ydi. Biz iCORP bilan bog'landik. Savdo bo'limi uchun ip-telefoniya bilan amoCRM va omborlarni avtomatlashtirish va buxgalteriya hisobi bo'yicha Moy Sklad xizmatini amalga oshirdik.Biz natijadan mamnunmiz: biz kompaniyaning foydasini oshirishga, bo'limlar ishini optimallashtirishga, muntazam ish vaqtini va mijozlarga ishlov berish vaqtini qisqartirishga muvaffaq bo'ldik.
Biz amoCRM-da 2 yildan beri ishlaymiz. Savdo bo'limida uzoq muddatli savdo aylanishi tufayli muammolar yuzaga keldi. Endi amoCRM yordamida menejerlarimiz qo'ng'iroq qilishni yoki mijozlarga hisob-fakturani yuborishni unutmaydilar. Shuningdek, mijozning barcha qo'ng'iroqlari tizimda qayd etiladi, hech qaerga borishga hojat yo'q. Va eng muhimi, biz mijozlarimizni yo'qotishni to'xtatdik. Amalga oshirilgan ishlardan juda mamnunmiz.
Kompaniyamiz plastik idishlarni ishlab chiqarish va keyinchalik sotish bilan shug'ullanadi. Savdo va ishlab chiqarish bo'limini avtomatlashtirishimiz kerak edi. Biz iCORP kompaniyasi bilan bog'landik. Ular ishlab chiqarish va omborlarni avtomatlashtirish uchun "Moy sklad" tizimini joriy qildilar. Shuningdek, savdo bo'limi uchun amoCRM dasturini amalga oshirdik. Ular ikkita platformani sinxronlashtirdilar va bu menejerlarning buyurtma berish vaqtini ancha tejadi. Platformalar juda qulay va tushunarli. Biz iCORP kompaniyasining ishidan mamnunmiz.
Dastlabki, savdo bo'limidagi muammo bu bir nechta menejerlarning bitta mijoz bilan muloqot va suhbat qilishlari mumkinligi, natijada bu tortishuvlarga olib kelardi. AmoCRM-ni kiritish tufayli biz mijozlarni menejerlarga ajratdik va aniq rasmni ko'rdik.